Yosh avlodni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muhim, ayni paytda dolzarb vazifalardan biri sanaladi.
Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi!” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Tadbirda poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 308-sonli o‘rta umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘quv muassasasi hayoti bilan yaqindan tanishdilar.
Kelajagimiz vorislarini vatanparvar, mard va jasur etib tarbiyalash, ular qalbida Vatanga muhabbat hamda sadoqat tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan tadbir o‘quvchi yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Sayohat davomida mehmonlarga Akademiya tarixi, ta’lim jarayonlari, kursantlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar haqida ma’lumot berildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati