IIV akademiyasida “Ma’naviyat oyligi” doirasida ötkazilayotgan tadbirlar ayni sohadagi işlar samaradorligini oşirişda turtki bölmoqda.
Magistratura tinglovçilari uçun “Til – millat boyligi” mavzuida taşkil qilingan tadbirga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimi, Yozuvçilar uyuşmasi a’zosi Rahmon Qöçqor taklif etildi.
Adabiyotşunos olim millat ma’naviyatida ona tilining örni, özbek tilining boy tarixi, mustabid tuzum davrida özbek tiliga bölgan munosabat, jadid bobolarimizning uni asrab-avaylaş va bugungi avlodlarga yetkaziş yölidagi sa’y-harakatlari, zamonaviy özbek tilşunosligidagi dolzarb masalalarga atrofliça töxtaldi.
Şuningdek, “Ma’naviyat oyligi” munosabati bilan bir guruh kursantlar poytaxtimizdagi Toşkent tarixi muzeyi hamda Temuriylar tarixi davlat muzeyiga olib borildi. Sayohat çoğida yoşlar noyob osori-atiqalar, qadimiy buyum va aşyolar bilan tanişiş asnosida, asrlar oşa yaşab kelayotgan yozma manbalar, buyuk ajdodlarimizning hayoti va faoliyati köplab ma’lumotga ega bölişdi.
Bundan taşqari, öquv dargohida ötkazilgan kitob yarmarkasida xodimlar va kursant-tinglovçilar faol qatnaşib, şaxsiy kutubxonalarini yangi kitoblar bilan boyitdilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati