Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Maqsad – mahallalarni “yashil hudud”ga aylantirish

12 Fevral 2024, 09:02

865

Mahallalarning kriminogen vaziyatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlarga  Ichki ishlar vazirligi akademiyasi vakillari ham faol ko‘maklashmoqda.

Shu kunlarda ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari va kursantlari poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “qizil” mahallalarga biriktirilgan. Bundan maqsad mazkur hududlarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikni jilovlashda “mahalla yettiligi”ga amaliy yordam berishdir.

Ishchi guruh vakillari “Avayxon”, “Beshkapa”, “Feruza”, “Chinkeldi” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, faollar bilan uchrashdilar. Unda hududlarning kriminogen vaziyati, sodir etilayotgan jinoyatlar sabablari, ularning shart-sharoitlari, mavjud muammolar muhokama qilindi. Mahallalarni obod va xavfsiz hududga aylantirishda yangi tizim imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Albatta, bu yo‘ldagi profilaktik ishlar boshqa mahallalarda ham davom ettirilmoqda. Maqsad aholi osoyishtaligini ta’minlash va “yashil hudud”larni ko‘paytirishdir.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech