Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Maqsad – jinoyatchilikni jilovlash

14 Dekabr 2023, 11:12

819

Mamlakatimizda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar jarayonida jinoyatchilikni jilovlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

 Bu borada samarali tizimning joriy qilingani, xususan, kriminogen vaziyatga ta’sir ko‘rsatayotgan omillarning “ilmiy diagnoz” asosida o‘rganilib, o‘z vaqtida bartaraf etilayotgani ijobiy natija bermoqda. Muhimi, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi ishlar jadal davom ettirilmoqda. 

Shu kunlarda IIV akademiyasi boshlig‘i rahbarligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatining kriminogen vaziyatini o‘rganishga jalb qilingan. Bundan ko‘zlangan maqsad huquqbuzarliklarning sabab va sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shu orqali “mahalla yettiligi” a’zolariga ilmiy-amaliy jihatdan yordam ko‘rsatishdir.

Aytish joizki, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida ishchi guruh vakillari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirildi. Xususan, Qumqo‘rg‘on tumanining “Besh qahramon”, “Do‘stlik”, Sho‘rchi tumanining “Navro‘z”, “Bobur”, “Bobotog‘”, Sariosiyo tumanining “Afrosiyob”, “Mirzo Ulug‘bek”, Uzun tumanining “O‘zbekiston”, Denov tumanining “Nurli manzil” hamda Sherobod tumanining “Kattabog‘” mahallalarida uchrashuvlar o‘tkazildi.

Faollar bilan muloqotda hududlarning kriminogen holati, sodir etilayotgan jinoyatlarning omillari, o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy profilaktika borasida qilinayotgan ishlar, mavjud muammolar tahlil qilindi. Mas’ullarga aholining tinch-osuda hayotini ta’minlash va turmush farovonligini oshirish, jinoyat sodir etilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish, “mahalla yettiligi” tizimini samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan aniq takliflar berildi.

O‘rganishlar davomida yana bir muhim masala – ichki ishlar organlari o‘rta bug‘in rahbarlarining kasbiy bilim va malakasini oshirish ham e’tibor markazida bo‘ldi. Mashg‘ulotlar IIV Akademiyasi boshlig‘i Rustam Xatamov hamda tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkazilib, ichki ishlar organlari boshliqlari o‘rinbosarlari va sohaviy xizmatlar rahbarlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash, kriminogen vaziyatni yaxshilash, shaxsiy tarkib bilan olib borilayotgan ma’anaviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan.

O‘rganishlar davom etmoqda.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech