Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ma’naviyatli yoshlar illatdan uzoq yuradi

30 Oktyabr 2024, 07:10

180

Toshkent davlat yuridik universitetida Ichki ishlar vazirligi akademiyasi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamkorligida talabalarni ogohlikka chorlovchi tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda internet orqali tarqatilayotgan buzg‘unchi g‘oyalar, yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirishga qaratilgan mafkuraviy tahdidlar, jamiyatdagi ma’naviy bo‘shliqlarni to‘ldirish omillari xususida atroflicha mulohaza yuritildi.

Tadbirda IIV akademiyasi professori Sh. Qobilov, magistratura tinglovchisi Y. Arslonov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisi A. Ahmadaliyev so‘z olib, bugungi murakkab sharoitda yoshlar masalasi dolzarb ahamiyat kasb etayotgani, mafkuraviy tahdidlar avj olayotgan bir paytda kelajak avlodlarning taqdiriga loqaydlik bilan qarab bo‘lmasligini aytib o‘tishdi.

Global internet tarmog‘i orqali kirib kelayotgan turli axborotlar jamiyatimizdagi ayrim yoshlar ongini zaharlayotgani, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan yoshlar tomonidan giyohvandlik, qimor o‘yinlari, diniy radikalizm, ekstremizm va boshqa illatlar bilan bog‘liq huquqbuzarliklar sodir etilayotgani, bunday sharoitda yoshlarning ma’naviy immunitetini kuchaytirish, ularni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, zararli illat va yot g‘oyalar ta’siridan asrash muhimligi ta’kidlandi.

Tadbirda yoshlar ongi va qalbini egallashga qaratilgan zararli g‘oyalarning asl maqsad-muddaosi, jinoyatga qo‘l urishning huquqiy oqibatlari tushuntirib o‘tildi. Talabalar internet tarmog‘idan himoyalanish, axborot xurujlariga qarshi kurashish va boshqa masalalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech