IIV Akademiyasi xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy bilimlari sinov qilindi. Tadbir “Ichki ishlar organlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi ichki ishlar vazirining 400-son buyrug‘i asosida tashkil etildi.
Sinov jarayonida xodimlarning umumiy dunyoqarashi, siyosiy ongi, huquqiy bilimdonligi, ma’naviy va intellektual salohiyati, shuningdek “Ma’naviyat va ma’rifat dars”larida o‘tilgan mavzularni qay darajada o‘zlashtirgani suhbat tarzida sinovdan o‘tkazildi. Komissiya a’zolari tomonidan ichki ishlar organi xodimlari uchun tavsiya etilgan adabiyotlarning o‘qib-o‘zlashtirilgani ham inobatga olindi.
Bundan tadbirlar tizimda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirib, xodimlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va mukofotlash bo‘limi