Ichki ishlar vazirligi akademiyasi xodimlari “Otasining qizi” spektaklini tomosha qilishdi.
O‘zbekiston davlat drama teatri aktyorlari tomonidan namoyish etilgan pesada xalqimizga xos sovchilik udumlari yoritilgan.
Oilaviy qadriyatlar, ma’naviyatimizga yot zamonaviy an’analar, turfa xil insonlar o‘rtasidagi munosabatlar haqida hikoya qiluvchi komediyali spektakl tomoshabinlarni mushohadaga undagani bilan ulkan ma’naviy taassurot qoldirdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati