Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Malaka oshirish kursi yakunlandi

29 Avgust 2022, 09:08

797

Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida ta’limning zamonaviy yondashuvlari bo‘yicha o‘tkazilgan mashg‘ulotlar nihoyasiga yetdi.

Qisqa muddatli o‘quv yig‘ini ikki bosqichda tashkil etildi. Tajribali mutaxassislar tomonidan ta’lim tizimiga joriy qilinayotgan eng ilg‘or metodlar, interfaol yondashuv va texnologiyalar atroflicha tushuntirib o‘tildi. Bundan tashqari, turli mavzularda treninglar o‘tkazilib, pedagogning emotsional va sotsial intellekti, mashg‘ulotlar samaradorligini baholash, pedagogik faoliyatda vaqtdan unumli foydalanish, ta’limni axborot-kommunikatsiyalari yordamida boshqarish, zamonaviy ta’lim texnologiyalari va metodikalari bo‘yicha tajribalar boyitildi.

Aytish joizki, o‘zaro hamkorlik doirasida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda Ichki ishlar vazirligi akademiyasining yuz nafar pedagog xodimi kasbiy mahoratini oshirdi. Ishtirokchilarga sertifikat topshirish marosimida ta’lim muassasalari rahbariyati ishtirok etshdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech