Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik xalqaro tajribaning ilg‘or jihatlarini o‘rganish, kadrlarni maqsadli tayyorlashga xizmat qiladi.
Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “tezkor-qidiruv faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan kursantlar uchun navbatdagi mahorat mashg‘uloti tashkil qilindi. Onlayn mashg‘ulot Nijegorod akademiyasining tajribali professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazildi.
Xorijlik hamkorlarimiz “Ichki ishlar organlari tezkor-qidiruv faoliyatining mohiyati va ahamiyati”, “Mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish va fosh etish”, “Mulkiy turdagi jinoyatlarni tergov qilish metodlari” mavzulariga to‘xtalib, kursantlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati