Kasbiy tayyorgarlik oyligi munosabati bilan IIV Akademiyasida qo‘l jangi bo‘yicha mahorat mashg‘uloti o‘tkazildi.
So‘nggi yillarda qo‘l jangi sport turi yurtimizda tobora ommalashib bormoqda. Davlatimiz rahbarining joriy yil 20 iyundagi qarorida ham sohani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi.
Mahorat mashg‘ulotida Jangovar va jismoniy kafedrasi katta o‘qituvchisi, tajribali murabbiy Olimjon Xudoyberganov qo‘l jangi usullarini ko‘rsatib berdi. Shuningdek ushbu sport turining tarixi, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, sportchilarimiz erishayotgan yutuqlar, ichki ishlar organi xodimlari faoliyatida qo‘l jangining ahamiyati haqida so‘zlab berildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati