Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Mahallalarda sayyor uchrashuvlar

26 Aprel 2024, 02:04

415

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Alisher Navoiy”, “Sayram”, “Oqibat” mahallalarida sayyor uchrashuvlar tashkil qilindi.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professor-o‘qituvchilari, “mahalla yettiligi” tizimi vakillari, bir guruh faollar ishtirokida o‘tgan uchrashuvda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida qilinayotgan ishlar muhokama qilindi.

Ochiq muloqotlar davomida mahalla raislari, profilaktika inspektorlari, yoshlar, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullarning fikr-mulohazalari tinglandi. Aholi bilan “xonadonbay”, “fuqarobay” tizim asosida amalga oshirilayotgan tadbirlar, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar, jinoyatchilikni jilovlashga qaratilgan dolzarb vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Joriy yildan tashkil qilingan “yettilik” tizimi aholi bilan muloqot qilish, quyi bo‘g‘indagi muammolarni hal etishda samarali mexanizmga aylangani, hududlarda jinoyatchilikni jilovlash dolzarb ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi. Mazkur yo‘nalishdagi profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini muntazam o‘tkazib borishga kelishib olindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech