Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida “mahalla yettiligi” vakillari uchun seminar-trening tashkil qilindi.
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, tuman hokimligi hamda Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan mashg‘ulot ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirishga yo‘naltirildi.
Seminar-treningda ijtimoiy profilaktikaning mazmun-mohiyati, amalga oshirish mexanizmlari, bu borada “mahalla yettiligi”ning vazifalari, faoliyatni hamkorlikda va samarali tashkil etish omillari hamda boshqa masalalar yuzasidan bilim va ko‘nikmalar mustahkamlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati