Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Mahalla yettiligi” uchun seminar-trening

06 Dekabr 2023, 08:12

627

Qashqadaryo viloyatida “mahalla yettiligi” a’zolari uchun ikki kunlik seminar-trening tashkil qilindi. Mashg‘ulotlar IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda.

Ma’lumki, Prezidentimiz raisligida joriy yilning 26-sentyabr kuni mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida  “mahalla yettiligi” faoliyatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish borasida ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi. Ayni kunlarda mazkur tizimni samarali tatbiq etish maqsadida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Seminar-treningdan ko‘zlangan maqsad ham “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida ijtimoiy profilaktika ishlarini namunali yo‘lga qo‘yish, bu borada “mahalla yettiligi” a’zolarining vazifa va majburiyatlarini tushuntirish, faoliyat samaradorligini oshirishdan iborat.

Mashg‘ulotlar davomida mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, soliqchi va ijtimoiy xodimning ijtimoiy profilaktikani amalga oshirish bo‘yicha asosiy vazifalari, faoliyatni tashkil etish tartibi va mexanizmlari atroflicha tushuntirilmoqda. Shuningdek mahalla vakillarining taklif va mulohazalari tinglanib,  kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olinmoqda.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech