Shu kunlarda respublikamizning kriminogen vaziyati og‘ir mahallalari vakillari uchun seminar-trening o‘tkazilmoqda.
Sayyor mashg‘ulotlar hududlarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish maqsadida tashkil qilingan. IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ijtimoiy profilaktikaning mazmun-mohiyati, fuqarolar bilan ishlashda inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash mexanizmlari, “mahalla yettiligi” vakillarining ijtimoiy profilaktika obyektlari bilan amalga oshiradigan chora-tadbirlari, shuningdek, faoliyatga oid hujjatlarni yuritish tartibi batafsil tushuntirilmoqda.
Aytish joizki, shu kungacha Buxoro va Surxondaryo viloyatlaridagi sayyor mashg‘ulotlar yakunlanib, “mahalla yettiligi” a’zolarining bilim va ko‘nikmalari oshirildi. O‘quv dasturiga ko‘ra, Navoiy, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida ham mashg‘ulotlar tashkil etish rejalashtirilgan.
IIV akademiyasi Axborot xizmati