Yurtimizda aholi muammolarini mahallabay ishlash orqali hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari mazkur faoliyatni yangi yondashuvlar asosida tashkil etish maqsadida “mahalla yettiligi”ni tashkil etish taklifini ilgari surgan edi.
IIV Akademiyasida tajribali amaliyot xodimlari, magistratura tinglovchilari, kunduzgi ta’limning “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishi kursantlari ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbati ana shu masalaga bag‘ishlandi.
Tadbirda “yettilik tizim”ning muhim ahamiyati va vazifalari, mazkur faoliyatni tashkil etish mexanizmlari, yangi tizim samarasida aholi uchun yaratiladigan imkoniyatlar, shuningdek, jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ijtimoiy profilaktika faoliyatiga tatbiq qilinayotgan yangicha yondashuvlar haqida fikr almashildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati