Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi “Bog‘ishamol” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan ochiq muloqot huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish masalalariga bag‘ishlandi.
IIV Akademiyasining Huquqbuzarliklar profilaktikasi va kriminologiya kafedrasi tashabbusi bilan tashkil qilingan tadbirda mahalla “beshligi” vakillari, bir guruh faollar, ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari hamda “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan kursantlar qatnashdi.
Muloqot davomida jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. So‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tizimga mutlaqo yangicha mexanizmlar tatbiq qilingani o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatayotgani, biroq bu borada qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar mavjudligi ta’kidlandi.
Tadbirda so‘z olganlar “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini kuchaytirish, xalq bilan muloqotning ta’sirchan tizimini yo‘lga qo‘yish, jinoyatchilikni jilovlash, ayniqsa “mahallabay”, “xonadonbay” va “fuqarobay” ishlash orqali muammolarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan fikr almashdilar.
Shu kuni Akademiya kursantlari mahalla “beshligi” faoliyati bilan yaqindan tanishib, profitaktik ishlarni hamkorlikda tashkil etish borasida amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lishdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati