Joriy yilning oktabr oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. Muhim siyosiy tadbirga ham 28 kun qoldi.
Saylovni yuqori darajada o‘tkazish maqsadida Qashqadaryo viloyatida mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari uchun interaktiv mashg‘ulotlar tashkil qilindi.
IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda hududiy trenerlar tomonidan aralash saylov tizimining o‘ziga xos xususiyatlari, saylovchilar ro‘yxati bilan ishlash, uchastka saylov komissiyalari faoliyati, binolarni jihozlash va muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, uchastka saylov komissiyasining OAV xodimlari, kuzatuvchilar va boshqa mas’ullar bilan hamkorligini ta’minlash yuzasidan tushunchalar berildi.
O‘quv mashg‘ulotlari ishtirokchilari saylov qonunchiligi va jarayonlari bo‘yicha o‘zaro fikr almashib, bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati