Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Mahalla faollariga metodik yordam

25 Dekabr 2023, 06:12

593

Yurtimizda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu kunlarda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tomonidan Qarshi shahrining “G‘afur G‘ulom” mahallasiga metodik yordam ko‘rsatilmoqda. Aytish joizki, o‘rganishlar jarayonida huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlari, ko‘p sodir etilayotgan jinoyatlar, ijtimoiy profilaktikaga qaratilgan chora-tadbirlar, umuman, mahallani jinoyatdan xoli hududga aylantirishga borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mavjud kriminogen vaziyat tahlil qilinib, muammolar mahalla faollari bilan hamjihatlikda hal qilinyapti.

Bundan tashqari, aholi bilan “xonadonbay”, “fuqarobay” ishlash, ularning muammolarini hal etish, “yettilik” tizimni samarali yo‘lga qo‘yish, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni bartaraf etish orqali vaziyatni yaxshilash yuzasidan tavsiyalar berilmoqda.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech