Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Mahalla faollari bilan muloqot

4 Mart 2024, 21:15

1451

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Olimlar”, “Navnihol” va “Sayram” MFYlari faollari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, sektorlar mas’ullari ishtirokida tashkil etilgan uchrashuv “mahalla yettiligi” tizimining imkoniyatlariga bag‘ishlandi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar aholi bilan manzilli ishlashni kuchaytirish maqsadida tatbiq qilingan yangi mexanizmning imkoniyatlariga to‘xtalib o‘tishdi. “Yettilik” a’zolarining hamkorlikda ishlashi aholi muammolarini hal etishda, mahallalarni obod va xavfsiz hududga aylantirishda mustahkam kuch bo‘lishi ta’kidlandi.

O‘zaro muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda mahallalarning kriminogen vaziyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarga ham e’tibor qaratilib, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi murosasizlik muhitini qaror toptirish yuzasidan faollarga tavsiya berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech