Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Mahalla beshligi”: u qanday ishlashi kerak?

16 Avgust 2023, 08:08

1523

IIV Akademiyasida o‘tkazilgan davra suhbatida hududiy ichki ishlar organlarining mutasaddi rahbarlari, professor-o‘qituvchilar hamda kunduzgi ta’lim 3-o‘quv kursi kursantlari ishtirok etdi.

Dastavval Akademiya boshlig‘i yordamchisi, polkovnik Ismoil Himmatov so‘z olib, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining ustuvor jihatlari, bu borada amalga oshirilayotgan keng qavrovli chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tdi.

Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida mahallaning o‘rni va mavqeyi tobora yuksalib borayotgani, “mahalla beshligi” faoliyatini yanada yaxshilash aholi farovonligini yuksaltirish bilan bir qatorda, jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Davra suhbatida mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bilan manzilli ishlash, hududlar muammolarini hal etishda “mahalla beshligi”ning o‘rni, mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli hamda profilaktika inspektori faoliyatini birgalikda tashkil etishdan ko‘zlangan ijobiy natijalar, mavjud ayrim muammolar va ularning yechimlari xususida fikr almashildi.

Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar hududlar misolida tahlil qilinib, ijtimoiy profilaktika bo‘yicha mahalla mas’ullarining dolzarb vazifalari yuzasidan tushunchalar berildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech