Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Magistrlarga sertifikat topshirildi

13 May 2023, 09:05

787

Avval xabar qilinganidek, IIV Akademiyasi magistraturasi tinglovchilari uchun “Zamonaviy rahbarlik va boshqaruv mahorati” mavzuyida o‘quv kursi tashkil etilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar boshqaruvning zamonaviy tamoyillari, rahbar shaxsga qo‘yilgan talab va xususiyatlar, yetakchilik qobiliyatlarini shakllantirishning ilg‘or uslublari bo‘yicha malaka oshirdilar.

 Tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan “Rahbarning boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish”, “Jamoada ishlash samaradorligini oshirish”, “Tanqidiy tahlil va qarorlar qabul qilish”, “Ijro samaradorligini oshirish (ijroni boshqarish)”, “Rahbar va tashkilot imijini shakllantirish”, “Xodimlarni motivatsiyalash”, “Rahbar axloqi va madaniyati”, “Mediasavodxonlik (jurnalist va blogerlar bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari)”, “Rahbarning emotsional va sotsial intellekti”, “Stressga bardoshlilikni shakllantirish” mavzularida interfaol treninglar olib borildi.

Bugun o‘quv kursi yakunlari bo‘yicha tinglovchilardan test sinovi qabul qilinib, ularga sertifikatlar topshirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech