29-may – 9-iyun kunlari IIV Akademiyasi magistraturasining “tashkiliy-strategik boshqaruv” yo‘nalishi tinglovchilari uchun Rossiya Federatsiyasida malaka oshirish kurslari tashkil qilindi.
O‘quv kurslari IIV Boshqaruv akademiyasida bo‘lib o‘tdi. Ko‘p yillik amaliy tajribaga ega professor-o‘qituvchilar tomonidan ichki ishlar organlari va sohaviy xizmatlari faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish hamda boshqarish, soha xodimlarining kasbiy va axloqiy-ruhiy ko‘nikmalarini oshirish, favqulodda vaziyatlarda kuch va vositalarni samarali boshqarishga oid dolzarb mavzularda interfaol mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Bundan tashqari, tinglovchilar o‘quv-kompleks mashg‘ulotlarda qatnashib, ichki ishlar organlarini zamonaviy yondashuvlar asosida boshqarish bo‘yicha tajribalarni o‘rgandilar. O‘quv kursi yakunida tinglovchilarga sertifikat topshirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati