Ichki ishlar vazirligi akademiyasining Psixologik ta’minlash markazi tomonidan magistratura tinglovchilari uchun trening o‘tkazildi.
Sog‘lom va barqaror ruhiy muhitni qaror toptirish, tinglovchilarning psixologik ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida tashkil qilingan trening davomida turli mashqlardan foydalanildi.
Mashg‘ulotlar so‘nggida ruhiy zo‘riqishlarni bartaraf etish, turli vaziyatlarda hissiyotlarni boshqarish, atrofdagilar bilan samarali muloqotga kirishish, jamoa psixologiyasini boshqarish bo‘yicha tinglovchilarga psixologik tavsiyalar berildi.
Ta’kidlash kerak, bunday treninglar jamoada sog‘lom muhitni ta’minlash va faoliyat unumdorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati