Akademiya magistraturasining “tashkiliy-strategik boshqaruv” yo‘nalishi tinglovchilari uchun Turkiya Respublikasida navbatdagi malaka oshirish kurslari tashkil qilindi.
9-may kunidan boshlangan o‘quv kursi mobaynida soha xodimlarining rahbarlik salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan interfaol mashg‘ulotlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Unga ko‘ra, tinglovchilar faoliyatni rejalashtirish va samarali boshqarish, strategik reja va chora-tadbirlar ishlab chiqish, o‘zini o‘zi baholash, muammoli vaziyatlarda yetakchilikni namoyon qilish, xodimlar faoliyatining samaradorligini oshirish, kadrlar zaxirasini shakllantirish kabi dolzarb yo‘nalishlarda tajriba oshiradilar.
Seminar-trening mashg‘ulotlariga politsiya akademiyasining tajribali mutaxassislari jalb qilingan bo‘lib, darslar ilg‘or yondashuvlar asosida olib borilmoqda.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati