IIV Akademiyasi magistrlari Oliy Majlis Senatining qirq sakkizinchi yalpi majlisida ishtirok etishdi.
Maslisda “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun muhokama qilindi.
Senatorlar qonunning zarurati haqida to‘xtalib, fuqarolarning odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga hamda davlat hisobidan malakali yuridik yordam olish huquqini ta’minlashga xizmat qilishini alohida ta’kidlab o‘tishdi. Muhokama yakunida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Aytish joizki, mazkur qnun bilan ayrim qonun hujjatlariga davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga yuridik yordam ko‘rsatish uchun jinoyat, fuqarolik ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda advokatning ishtirok etishini ta’minlash tartibini belgilashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati