Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Magistraturaga qabul jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda

31 Iyul 2025, 08:07

174

Ichki ishlar organlaridagi islohotlar samarasi ko‘p jihatdan tizimdagi rahbar kadrlarga bog‘liq.

Ana shu maqsadda davlatimiz rahbarining qarori bilan IIV akademiyasida magistratura faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi. Yangi tizim soha uchun zamonaviy boshqaruv kadrlarini tayyorlashga imkon bermoqda.

Ayni kunlarda magistraturaning “tashkiliy-strategik boshqaruv”, “tashkiliy-taktik boshqaruv” hamda “ilmiy-pedagogik faoliyat” mutaxassislik yo‘nalishlariga qabul jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Imtihonlar maxsus kasbiy tanlov (yozma ish va test sinovi) hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat shaklida o‘tkazilmoqda. Yakuniy suhbat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administarsiyasi mas’ullari, Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlari rahbarlari, tajribali mutaxassislar va professor-o‘qituvchilardan iborat komissiya tomonidan qabul qilinmoqda. Muhimi, har bir nomzodning bilimi xolisona va adolatli baholanmoqda.

Imtihonlar tugagandan so‘ng yakuniy natijalar e’lon qilinadi va istiqbolli kadrlar magistraturada o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech