Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Magistraturaga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda

12 Avgust 2022, 03:08

1210

Bugun, 12-avgustdan Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistraturasida o‘qish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun imtihonlar boshlandi. Jarayon tanlov, teng huquqlilik va qabul qilishning yagona qoidalari prinsipi asosida amalga oshirilmoqda.

Magistraturaga qabul ikki bosqich – dastlabki maxsus kasbiy tanlov hamda yakuniy suhbatdan iborat. Maxsus kasbiy tanlovda har bir nomzoddan yozma ish qabul qilinib, test sinovi orqali ularning kompetensiyalari baholanadi. Bunda maksimal ballning 55 va undan yuqori foizini qo‘lga kiritgan nomzodgina, keyingi bosqichda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 Bu yil magistr.akadmvd.uz elektron manziliga Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, viloyatlar IIB, Toshkent shahri va Toshkent viloyati IIBBlaridan uch yuzdan ziyod nomzodning hujjatlari kelib tushdi. Qabul jarayonida eng munosib nomzodlar o‘qishga qabul qilinadi va bir yil mobaynida ular “tashkiliy-taktik boshqaruv” hamda “tashkiliy-taktik boshqaruv” mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim oladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalarining yurisprudensiya yo‘nalishida bir yillik pedagogik ish stajiga ega shahodatlangan professor-o‘qituvchilari ham magistraturaning II darajadagi “tashkiliy-taktik boshqaruv” mutaxassisligida o‘qishlari mumkin.

Imtihonlar 15-avgustga qadar davom etadi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech