16–29-may kunlari IIV Akademiyasining magistratura tinglovchilari Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida malaka oshirib qaytdi.
O‘quv kursi davomida magistraturaning “tashkiliy-strategik boshqaruv” yo‘nalishida ta’lim olayotgan tinglovchilar uchun “Xitoy politsiya tizimi”, “Jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari”, “Rahbarlik qobiliyatini shakllantirish yo‘llari”, “Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda innovatsion yondashuvlar”, “Bir makon, bir yo‘l” tamoyili asosida politsiya tuzilmalari faoliyatiga yangi tendensiyalarni joriy qilish” va boshqa mavzularda interfaol mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Bundan tashqari, tinglovchilar ixtisoslashgan o‘quv markazlari va hududiy politsiya bo‘linmalari bilan tanishib, boshqaruvni samarali tashkil etish bo‘yicha Xitoy tajribasining ilg‘or jihatlarini o‘rgandilar. O‘quv kursi yakunida universitet rahbariyati ishtirokida tadbir o‘tkazilib, tinglovchilarga sertifikat topshirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati