Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Magistratura tinglovchilari Turkiyada bo‘ldi

03 Iyun 2024, 05:06

541

O‘zbekiston va Turkiya davlatlari o‘rtasida ichki ishlar organlari uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash maqsadida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Faol hamkorlik doirasida Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistrlari uchun navbatdagi xorij safari tashkil qilindi. Tinglovchilar Jandermiya bosh qo‘mondonligi tasarrufidagi Kriminalistika, Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, Strategiya va tashqi aloqalar, Razvedka, Kontrabanda va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmalari, shuningdek, Jandarmeriya va sohil xavfsizligi akademiyasining Xavfsizlik bilimlari institutida bo‘lib, mazkur tuzilmalarning faoliyati hamda ilg‘or tajribalarini o‘rgandilar.

Bundan tashqari, tajribali mutaxassislar tomonidan “Jinoyatchilikni tahlil qilish va uning oldini olish”, “Kiber makondagi tahdid va xatarlarga qarshi kurashish”, “Kiberxavfsizlik sohasida tadqiqotlar olib borish”, “Kiberjinoyatlar bo‘yicha dalillarni sud protsessiga taqdim etish”, “Uchuvchisiz uchar qurilmalarni boshqarish va ular yordamida nishonni tekshirish”, “Uyushgan jinoyatchilik va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish” kabi mavzularda mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Tinglovchilar o‘quv kursini tamomlaganlari to‘g‘risida sertifikatga ega bo‘ldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech