Ichki ishlar vazirligining Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Kadrlarni maqsadli tayyorlash, yoshlarning kasbiy qiziqishini oshirish, ichki ishlar organlari tizimidagi islohotlar bilan tanishtirishga qaratilgan tadbir IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazildi.
Uchrashuvda Prezidentimizning “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” hamda “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari asosida amalga oshirilayotgan ta’lim jarayonlari haqida ma’lumot berildi.
O‘quvchilar o‘qishga kirish va imtihonlar tartibi, ta’lim shakllari, ixtisoslik yo‘nalishlari, kursantlar bilan o‘tkaziladigan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, Prezidentimizning besh muhim tashabbusi asosida yo‘lga qo‘yilgan to‘garaklar, iqtidorli yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida keng tushunchaga ega bo‘lishdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati