Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Yoshlar akademiyasi forumi bo‘lib o‘tdi.
Unda mutasaddi vazirlik va tashkilotlar vakillari, yosh olimlar, innovatorlar, harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli kursantlar ishtirok etdi.
Dastlab tuzilmaning bir yillik faoliyati davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar sarhisob qilindi. Kelgusidagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi. Forum ishtirokchilari yosh olimlarning ilmiy ishlanmalari va innovatsion loyihalari taqdimoti bilan tanishdilar.
Shu kuni Yoshlar akademiyasi a’zolari va liderlari safi iqtidorli yoshlar bilan kengaydi. Quvonarlisi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlaridan Azizbek Abdullayev, Firdavs Abdurasulov, Hasanjon Rajabboyev, Toshmurod Abdurahmonov, Elnura Ermonovalar akademiya a’zoligiga, katta leytenant Ramziddin Bozorov liderlar safiga qabul qilindi.
IIV akademiyasi axborot xizmati