Xalqaro o‘quv kursi Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti hamda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumiga binoan tashkil qilindi.
Dasturga asosan, universitet o‘quv bazasida interfaol darslar, tajriba almashuv mashg‘ulotlari tashkil qilindi. Malakali mutaxassislar tomonidan Xitoy politsiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaga joriy qilinayotgan innovatsion yondashuvlar, politsiya tuzilmalarining vazifasi va faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Bundan tashqari, kursantlarimiz Pekin shahrining diqqatga sazovor joylarida bo‘lib, mamlakat tarixi va milliy madaniyati bilan yaqindan tanishdilar.
O‘quv kurslari yakunida tinglovchilarga sertikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari strategik darajada ravnaq topayotgani, ikki mamlakatning turdosh oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari zamonaviy tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish uchun keng yo‘l ochayotgani e’tirof etildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati