Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kursantlarimiz xalqaro tanlov g‘olibi

19 Dekabr 2023, 09:12

754

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Barnaul yuridik institutida turdosh oliy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida tanlov o‘tkazildi.

“Jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash” mavzuida bo‘lib o‘tgan tanlovda MDHga a’zo davlatlardan kursantlar onlayn formatda qatnashdi.

Tanlov shartiga ko‘ra, ishtirokchilar yuqoridagi mavzu doirasida xorijiy (ingliz yoki nemis) tillar bo‘yicha tayyorlagan multimediali taqdimot materiallarini yubordilar. Yakunda hakamlar hay’ati tomonidan eng yaxshi ishlar saralab olindi.

Quvonarlisi, xalqaro tanlovda IIV akademiyasi kursantlaridan Zebiniso Qarshiboyeva 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa,  Quvonch Mahammadov “Muammoni teran yoritgani uchun” nominatsiyasi bo‘yicha 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Iqtidorli kursantimiz Komila Azimova esa tanlovning faol ishtirokchilari qatorida sertifikat bilan taqdirlandi.   

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech