Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kursantlarimiz tuman bosqichida ishtirok etadi

10 Oktyabr 2023, 10:10

702

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 121-sonli o‘rta ta’lim maktabida Respublika “Yosh kitobxon” tanlovining sektor bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda tumanning birinchi sektori hududidagi 17 ta mahalladan 40 nafardan ortiq kitobxon yoshlar, jumladan, IIV Akademiyasi kursantlari ham qatnashdi. G‘oliblar o‘zbek milliy adabiyotidan saralab olingan 50 ta asar bo‘yicha tuzilgan 25 ta test savoli orqali saralab olindi.  

Shunga ko‘ra, 338-sonli o‘rta umuta’ta’lim maktabi o‘quvchisi Ruxshona Bektemirova hamda IIV Akademiyasi kursantlari Quvonchbek Qutlimurodov, Farangiz Abdurahmonova va Oqilxo‘ja Nazirxo‘jayevlar o‘z yosh toifalari bo‘yicha tanlovning tuman bosqichiga yo‘l oldilar.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech