Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kursantlarimiz sovrindorlar qatorida

20 Fevral 2023, 08:02

693

Poytaxtimizning “Xalqlar do‘stligi” maydonida o‘tkazilgan “Men g‘olib” an’anaviy yugurish marafonida IIV Akademiyasi kursantlari faol ishtirok etishdi.

Musobaqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Qurolli Kuchlar tuzilmalari, harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim muassasalaridan 300 nafarga yaqin sportchini birlashtirdi. Ommaviy tadbir qatnashchilari keng jamoatchilik vakillari ko‘z o‘ngida o‘n kilometrlik masofani bosib o‘tishdi. Qizg‘in ruhda kechgan bellashuv yakunida sovrindorlar shaxsiy birinchilik va jamoaviy tarzda aniqlandi.

Jumladan, shaxsiy birinchilikda IIV Akademiyasi kursantlaridan I. Bekmirzayeva faxrli birinchi o‘rinni, M. Kushmurodova hamda F. Habibullayev ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida esa g‘oliblik Qurollik Kuchlar akademiyasiga nasib qilgan bo‘lsa, Jamoat xavfsizligi universiteti ikkinchi va IIV Akademiyasi uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Tadbir yakunida sovrindorlar musobaqa tashkilotchilarining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech