Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kursantlarimiz sovrindor bo‘ldi

21 Avgust 2023, 05:08

623

19-avgust kuni poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi “Tashkent Index” savdo majmuasida velomarafon musobaqasi o‘tkazildi.  

Yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ayniqsa velosportni ommaviylashtirish maqsadida tashkil qilingan tadbirda 300 nafarga yaqin havaskor va mahoratli velopoygachilar ishtirok etdi.

Musobaqa qatnashchilari besh ming metr masofani bosib o‘tdilar. Chidam, kuch va texnik mahoratni talab etadigan qiziqarli bellashuv yakunida eng yaxshi ko‘rsatkichga erishgan sportchilar taqdirlandi.

Sovrindorlar qatorida IIV Akademiyasining 2-o‘quv kursi kursantlaridan Sardor Nasullayev faxrli birinchi, Muhammadqodir Abdupattayev esa ikkinchi o‘rinni egalladi. G‘oliblarga diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech