Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kursantlarimiz shohsupadan o‘rin egalladi

06 May 2023, 08:05

783

3–6-may kunlari Urganch shahrida qo‘l jangi bo‘yicha respublika chempionati bo‘lib o‘tdi.

O‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa O‘zbekiston turizm va sport ishlari vazirligi, Qo‘l jangi federatsiyasi va bir qator tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etildi. Unda yurtimizning barcha mintaqalaridan mahoratli sportchilar qatnashdi.

Quvonarlisi, mamlakat birinchiligida IIV Akademiyasi terma jamoasi a’zolaridan Asadbek Murodov 62 kg vazn toifasida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yana bir vakilimiz Azizbek Hoshimov 88 kg vazn o‘rtasidagi qo‘l jangi ustalari orasida uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech