Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kursantlarimiz – ingliz tili bilimdoni

27 Mart 2024, 09:03

515

Yaqinda Rossiya Federatsiyasi Federal jazoni ijro etish xizmati Huquq va boshqaruv akademiyasi tomonidan ijodiy tanlov o‘tkazildi.

Ingliz tilida onlayn formatda tashkil qilingan tanlovda rossiya va belaruslik yoshlar qatorida, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari ham ishtirok etdi. Ular “English speaking countries”, “English souveniers”, “English for professional purposes” hamda “English party” shartlari bo‘yicha bellashdilar.

Tanlovning ilk shartida ishtirokchilarga ingliz tilida so‘zlashuvchi davlatlar haqida 40 ta savol yo‘llandi. Akademiyamiz kursanti Zebiniso Qarshiboyeva 35 ta savolga to‘g‘ri javob berib, 3-o‘rinni egalladi.

Ikkinchi shartda qo‘l mehnati bilan yasalgan ijod namunalari taqdimot tarzida havola etildi. Iqtidorli kursantlarimiz Sardor Rahimberganov, Sultonbek O‘rinboyev, Mustafo Murodov tayyorlagan “Big Ben” minorasining maketi “Kreativ dizayn” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi.

Keyingi shart videoroliklar taqdimotiga bag‘ishlandi. Kursantlar o‘z chiqishlari orqali ingliz tilining kasbiy faoliyatdagi ahamiyatini yoritib berdilar. Rang-barang chiqishlarga boy o‘tgan ushbu shartda Zebiniso Qarshiboyeva va Elnura Ermonova faxrli 1-o‘rinni, Muhammadali Toshbekov esa “Eng yaxshi nutq” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.

Nihoyat, tanlovning ingliz tilida qo‘shiq va she’rlar ijro etishga bag‘ishlangan so‘nggi shartida Mustafo Murodov “Eng ifodali she’r o‘qish” nominatsiyasiga loyiq ko‘rildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech