IIV O‘quv-dala markazida Akademiya kunduzgi ta’lim bakalavriatining birinchi o‘quv kursiga qabul qilingan kursantlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan ichki ishlar organlarida “Intizom oyligi” doirasida tashkil etilgan tadbirda zamon talablari darajasida ta’lim olishning dolzarb ahamiyati xususida fikr almashildi.
Uchrashuvda polkovnik Sirochjon Berdikulov, podpolkovnik Ilhomali Kalonov, mayor Farhod Toshtemirov va boshqalar so‘z olib, mamlakatimiz yoshlarining bilim va kasb egallashi yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, Akademiya kursantlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yoshlar bilan tizimli ishlashga qaratilgan mexanizmlar, ayni paytda yoshlarning professional kadrlar bo‘lib yetishishi uchun talab etiladigan asosiy mezonlar haqida maʼruza qilishdi.
Bugungi murakkab sharoitda Yangi O‘zbekiston yoshlari mustahkam bilim, kuchli ishtiyoq, faol tashabbus, fidoyilik, vatanparvarlik, mardlik namunalarini ko‘rsatib, kelajak maqsadlari sari og‘ishmay harakat qilishlari, yaratilgan barcha imkoniyatlardan samarali foydalangan holda o‘z yutuqlari bilan mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishlari lozimligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Muloqot davomida joriy yil qabul qilingan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi talablari ham yetkazildi. Kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, a’lo baholarga o‘qish, jangovar va jismoniy ko‘nikmalarni puxta egallashga va’da berishdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati