Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kursantlar bilan ochiq muloqot

19 Avgust 2022, 10:08

1044

IIV O‘quv-dala markazida bo‘lib o‘tgan muloqot kursantlarni fidoiy, intiluvchan va tashabbuskor bo‘lishga undadi.

Uchrashuvda muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimiz yoshlari uchun yaratib berilayotgan ulkan imkoniyatlar, ayniqsa ta’lim tizimiga tatbiq qilinayotgan zamonaviy yondashuvlar haqida so‘z bordi. Akademiya boshlig‘ining maslahatchisi, polkovnik Ismoil Himmatov kursantlarga murojaat qilar ekan, Yangi O‘zbekistonning ertangi istiqboli katta orzu-umidlar bilan hayotga kirib kelayotgan yoshlar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklashini alohida ta’kidladi.

Qizg‘in ruhda o‘tgan tadbirda Akademiya faoliyatini tubdan isloh etishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar, ta’lim maskanida tinglovchi-kursantlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, soha uchun professional kadrlar tayyorlashning o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berildi.

Shu kuni Akademiya vakillari o‘quv-dala markazida kasbiy tayyorgarlikdan o‘tayotgan kursantlarning yashash va dam olishi sharoitlarini ham ko‘zdan kechirishdi. Faol yoshlarni munosib qo‘llab-quvvatlash, kursantlarning tanlagan kasbiga sadoqatini yuksaltirish, iqtidor va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech