Poytaxtimizda qilichbozlik bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqa mazkur sport turini yanada ommalashtirish va milliy terma jamoa uchun munosib sportchilarni saralab olishni ko‘zlagan.
Musobaqa ishtirokchilari rapira va sablya yo‘nalishlari bo‘yicha yakkalik hamda jamoaviy tarzda bahslarga kirishgan.
Mamlakat kubogining sablya yo‘nalishi bo‘yicha ayollar o‘rtasida kechgan jamoaviy bahslarida IIV Akademiyasi kursanti Sabrina Shokirova kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Musobaqa 27-oktyabrga qadar davom etadi.
IIV Akademiya Axborot xizmati