Poytaxtimizda yunon-rum, erkin va ayollar kurashi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada yurtimizning barcha hududlari, shuningdek, qo‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan besh yuz nafarga yaqin mahoratli sportchi qatnashdi.
Muxlislar bir hafta davomida qiziqarli kurashlar guvohi bo‘lishdi. O‘z vazn toifasida eng kuchlilarga sovrinli o‘rinlar nasib qildi.
Quvonarlisi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursanti Mussar Kushmuratova ham musobaqada munosib ishtirok etdi. Vakilimiz 62 kg vaznda gilamga chiqib, barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati