Kuni kecha poytaxtimiz taekvondo ITF bo‘yicha Jahon kubogi bahslariga mezbonlik qildi.
“Yunusobod” sport majmuasida o‘tgan nufuzli musobaqada 20 ga yaqin davlatlar vakillari ishtirok etdi. Qizg‘in va murosasiz ruhda kechgan bahslar yakunida terma jamoamiz a’zolari ham sovrindorlar qatoridan joy olishdi.
Quvonarlisi, musobaqaning ayollar o‘rtasidagi bahslarida Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursanti Ruxshona Ramazonova (52 kg) ikkita yo‘nalishda oltin medalga sazovor bo‘ldi. Umidli sportchimiz sharafiga madhiyamiz sadolari yangrab, davlat bayrog‘imiz ko‘tarildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati