Qurolli Kuchlarimizning 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasida sport va jangovar tayyorgarlik yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar uyushtirildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari – mustaqil yurtimizning mustahkam qalqoni!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda kunduzgi ta’lim kursantlari qo‘l jangi, armrestling, arqon tortish, yuz va uch ming metr masofaga yugurish, stol tennisi, shashka, shuningdek jangovar qurollarni qismlarga ajratish va yig‘ish hamda o‘q otish bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Musobaqa yakunida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar qimatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati