Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy choralari

09 Dekabr 2021, 09:12

1473

 

Bugun IIV Akademiyasida “Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy choralari mavzuida umumakademik konferensiya otkazildi. 

Malumki, 9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan talim muassasasida “Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid bilimlarni oshirish haftaligi elon qilingan. 

Haftalik doirasida tashkil etilgan konferensiyada sozga chiqqanlar  korrupsiyaga oid jinoyatlar tushunchasi va uning milliy qonunchiligimizda belgilanishining ijtimoiy zarurati, korrupsiyaga qarshi kurashishning xalqaro-huquqiy jihatlari va xorijiy davlatlarning ilgor tajribalari, Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muammolari, korrupsiyaga qarshi kurashishga oid bilimlarni oshirish kabi dolzarb yonalishlarda maruzalar qildilar.

Anjuman ishtirokchilari oz chiqishlarida mazkur mavzuning dolzarbligi va amaliy ahamiyatini, korrupsion jinoyatlarning tahlili, ularning oldini olish xususiyatlari, sodir etilishining sabab va sharoitlari, bu sohada amalga oshirilgan islohotlar va ularning mazmun-mohiyati, xorijiy davlatlar ilgor tajribasiga oid masalalarga batafsil toxtalib otdilar.

Jinoyat huquqi kafedrasi professor-oqituvchilari, kunduzgi talim kursantlari hamda Adolat iqtidorli kursantlar togaragi azolari ishtirok etgan konferensiya yakunida korrupsiyaga qarshi kurash tizimini takomillashtirish, korrupsion jinoyatlar sodir etilishining oldini olish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan qator taklif va tavsiyalar shakllantirildi. 

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech