IIV Akademiyasining sirtqi ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich tinglovchilari ishtirokida “Korrupsiyasiz sohada adolat va taraqqiyot bo‘ladi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
“Yangi O‘zbekistonni korrupsiyadan xoli mamlakatga aylantirishda birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda fakultet boshlig‘i, podpolkovnik O. Allanazarov, magistratura professori, polkovnik Sh. Qobilov so‘zga chiqdi.
Korrupsiyaning salbiy ijtimoiy hodisa sifatida oqibatlari, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar, ushbu illatga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish yo‘llari, bu borada xodimlardan talab etiladigan kasbiy ko‘nikma va fazilatlar, ichki ishlar organlarida korrupsiya xavfini o‘z vaqtida aniqlash, uning sabab va sharoitlarni bartaraf etish masalalari xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
Aytish joizki, so‘nggi yillarda ichki ishlar organlarini xalqchil tuzilmaga aylantirish maqsadida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan konsepsiya, soha xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi qabul qilinib, tizim obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi illatlarga qarshi kurashishning yangicha mexanizmlari yaratildi. Ta’lim jarayonida o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar ayni faoliyatni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati