IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi xodimlari tomonidan Jizzax va Samarqand akademik litseylarida uchrashuvlar o‘tkazildi.
Tadbirlar oliy ta’lim muassasalarida o‘qish istagida bo‘lgan bitiruvchilar va ularning ota-onalarini ogohlikka chaqirish maqsadida tashkil qilindi.
Uchrashuvlar chog‘ida o‘qishga kiritish bilan bog‘liq korrupsiyaviy holatlar va ularning huquqiy oqibatlari tushuntirilib, yig‘ilganlarga zarur tavsiyalar berildi.
Oliygohlarga kirish imtihonlari ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilayotgani, puxta bilimli yoshlar uchun ulkan imkoniyatlar mavjudligi, korrupsiyaviy yo‘llar bilan maqsadga erishib bo‘lmasligi ta’kidlandi.
O‘qituvchilar, bitiruvchilar va ularning yaqinlariga firibgarlikdan ogoh etuvchi targ‘ibot materillari tarqatildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati