Ichki ishlar organlarida korrupsiyadan xoli sog‘lom muhitni yaratish va xodimlarning ushbu illatga qarshi immunitetini mustahkamlash maqsadida o‘quv-seminar tashkil qilindi.
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi o‘quv basida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarga amaliyot xodimlari jalb qilindi. Uch kun davomida korrupsiya va uning oqibatlari, korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan milliy va xalqaro normalarning mazmuni, korrupsiyaviy holatlarni yuzaga keltiruvchi sabab va shart-sharoitlar, ushbu illatga qarshi kurashishda ichki ishlar organlari vakolatlari, boshqa davlat organlari va jamoatchilik bilan hamkorligi, tizim xodimlarida korrupsiyaga qarshi xulq-atvorni shakllantirish yo‘llari atroflicha yoritildi.
O‘quv-seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. O‘zlashtirilgan bilimlar yuzasidan sinov qabul qilinib, tinglovchilarga sertifikat topshirildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati