Jamiyat hayotining ochiq va shaffof bo‘lishi korrupsiyaga barham beradi, islohotlar natijadorligini ta’minlaydi.
Ichki ishlar vazirligi akademiyasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda agentlik vakillari, huquqshunos olimlar, professor-o‘qituvchilar va kursantlar ishtirok etdi.
Dastavval mamlakatimizda ayni sohada amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar e’tirof etildi. So‘nggi yillarda ushbu illatga qarshi kurashish borasida qonun hujjatlari qabul qilingani, ularning ijrosi yuzasidan keng ko‘lamli ishlar qilinayotgani aytildi. Korrupsiyaning oldini olishda jamoatchilik nazorati muhimligi, ayniqsa bu jarayonda yoshlarning faolligini oshirish dolzarb ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlari, jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish omillari, sohaga oid konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati xususida tushunchalar berildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati