11–12-oktyabr kunlari Buxoro shahrida ichki ishlar organlari tizimidagi eng yaxshi ekspert-kriminalistlar aniqlandi.
Respublika ko‘rik-tanlovida hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan 16 ta jamoa va 32 nafar ekspert-kriminalist ishtirok etdi. Hakamlar hay’ati vakillari har bir shart bo‘yicha soha xodimlarining bilim salohiyati, amaliy ko‘nikmalari hamda kasbiy tayyorgarligini baholab bordilar.
Qiziqarli o‘tgan ko‘rik-tanlovning “Eng namunali ekspert-kriminalistika jamoasi” nominatsiyasida IIV akademiyasining Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi, “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” nominatsiyasida esa Marg‘ilon shahar IIB ekspert-kriminalistika guruhi katta eksperti Tohirjon Ibrohimov birinchi o‘rinni egalladi.
Ko‘rik-tanlov g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilarning diplom, pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ta’kidlash kerakki, an’anaviy tarzda har yili o‘tkazib kelinayotgan ushbu ko‘rik-tanlov tizim faoliyatini takomillashtirishga, sohada qo‘llanilayotgan ilg‘or yondashuvlarni ommalashtirishga xizmat qilmoqda.
IIV akademiyasi Axborot xizmati